Tadbirkorlikni rivojlantirishda mikrokreditlashning o‘rni va axamiyati
Из текста статьи
Tadbirkorlikni rivojlantirishda mikrokreditlashning ahamiyati juda yuqori xisoblanadi. Bu, kichik va o‘rtacha bizneslarning moliyaviy muammo va qiyinchiliklari uchun yordamchi moliyaviy vosita sifatida xizmat qiladi. Tadbirkorlar mikrokreditlar orqali yangi bizneslar ochish, mavjud bizneslarni rivojlantirish, yoki talabalarini katta qilish uchun kerakli mablag‘larni olishadi. Bu esa biznesni kengaytirish, ish o‘rinini ko‘paytirish, ish joyida yangi ishchilarni ishga kirishini va shuningdek, axoli va turmush muhitini yaxshilashga imkon beradi. Mikrokreditlar aksariyat kichik miqdorda va qisqa muddatli bo‘ladi.So‘ngi bir necha yillar mobaynida yurtimizda bank tizimi tomonidan hududlarda tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab- quvvatlash, shu jumladan, aholi bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Joriy yilning birinchi choragida qariyb 93 mingta loyihaga jami 12,2 trln. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari yo‘naltirildi. Shu bilan birga, xorijiy kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining qariyb 3700 ta loyihasini moliyalashtirish uchun 500 mln.