Taqsimlangan ma`lumotlar bazasi
Из текста статьи
MBni hisoblash tizimlarida qo‘llanilishi natijasida ma`lumotlarni qayta ishlashning eski usullari o‘rniga yangi usullar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Yangi usulda har bir ilova uchun alohida ma`lumotlar to‘plami aniqlanadi va qo‘llab – quvvatlanadi. Eski usulda esa barcha ma`lumotlar markazlashgan holda aniqlangan va qo‘llab quvvatlangan. So‘nggi paytlarda tarmoq orqali ma`lumot almashish texnologiyalari shiddat bilan rivojlanmoqda. Bular Internet tarmog‘i, mobil va simsiz hisoblash vositalari 167 hamda “intellektual” qurilmalardir. Taqsimlangan MBBT axborot texnologiyalarining MB sohasidagi eng katta yutuqlardan biri hisoblanadi. Taqsimlangan MB texnologiyasi ma`lumotlarni qayta ishlashning markazlashgan turidan, unga teskari bo‘lgan markazlashmagan turiga o‘tishga zamin yaratmoqda. Taqsimlangan MB bilan bog‘liq muammolarni tahlil qilishdan oldin taqsimlangan MB nima ekanligini aniqlab olish zarur. Taqsimlangan MB – bu o‘zaro mantiqan bog‘langan va kompyuter tarmog‘ida jismoniy jihatdan tarqoq joylashgan taqsimlangan ma`lumotlar to‘plamidir. Taqsimlangan MB. Ma`lumotlarni qayta ishlashning bu kesishuvchi va hatto takrolanuvchi ma`lumotlar saqlanadigan bir nechta serverlardan foydalanishni talab etadi. Bunday MB bilan ishlash uchun taqsimlangan MBBT ishlatiladi.