Перейти к содержанию
Научная статья

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi

Из текста статьи

Mavzuning dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining ko’plab muhim tarmoqlarini davlat tartibga solishi talab etiladi. Davlat bozor mexanizmi bajara olmaydigan bir qator iqtisodiy vazifalarni bajaradi. Ular quyidagilardir: 1. Mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy xavfsizligini va milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini ta`minlash; 2. Barqarorlashtirish vazifalari (pul muomalasini tartibga solish, inflyatsiyani oldini olish va h.); 3. Qonuniy tartibga solish vazifasi; 4. Muvofiqlashtirish vazifasi; 5. Ijtimoiy yo‘naltirilgan vazifasi; 6. Taqsimlash; 7. Nazorat va boshqalar. Yuqoridagilarning barchasi hozirgi zamon iqtisodiyotida bozor mexanizmi orqali iqtisodiyotni tartibga solish qanchalik zarur bo‘lsa, davlat mexanizmini shunchalar zarur ekanligini ko‘rsatadi. Eng muhimi, iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda xar ikkala mexanizmlarni afzal jixatlarini birlashtirishdir. Bu esa iqtisodiyotni ratsional boshqarishdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. 191 Iqtisodiyot o‘zini-o‘zi tartibga solish davrida bozor mexanizmi uzoq vaqt mobayinida iqtisodiyotni tartibga solishning yagona mexanizm bo‘ldi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan taribga solish zarurati va uni bozor bilan uy`gunlashtirish biroz keyinroq yuzaga keldi.

Читать полный текст (PDF) →