Bulutli texnologiyalar tushunchasi
Из текста статьи
Hozirgi kunda bulutli texnologiyalar mamlakatlar, komponiyalar va shaxslar uchun ma’lumotlarni saqlash, birlashtirish va ulardan foydalanishni osonlashtiruvchi imkoniyatlarni taklif etadi. Uning asosiy maqsadi, ma’lumotlar va xizmatlarga doimiy va oson kirish imkoniyatini berishdir. Bulutli texnologiyalar orqali, ma’lumotlar internet orqali saqlanadi va ularga istalgan vaqtda va istalgan joyda kirish mumkin bo’ladi. Bu, ma’lumotlar bilan ishlashning oson va samarali ususli bo’lib, tashqi serverlarni o’zlashtirib, xarajatlarni kamaytiradi va ish jarayonini tezlashtiradi. Kunning dolzarb muammo va masalalaridan bo’lib bulutli texnolo’giyalardan foydalanishni to’gri yo’lga qo’yishdir. Kun sayin hayotimizning har bir sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) joriy etilib, kasbiy faoliyatimiz samaradorligini oshirmoqda. Bugungi kundalik hayotimizni nafaqat televizor, radio, balki mobil telefonlari, kompyuter, planshet kabi zamonaviy qurilmalarsiz oʻtkaza olmay qoldik, ulardan foydalanib, turmushimiz mazmunini boyitamiz, ish va taʻlim olishdagi vazifalarimizni yengillashtiramiz. Hozirgi davrda barcha boshqa sohalar qatorida taʻlim tizimida ham turli fanlarni oʻqitishda AKT imkoniyatlarini joriy etish dolzarb masala hisoblanadi.