Перейти к содержанию
Научная статья

Ehtimolliklar nazariyasining tushunchalari – ilk o’rganuvchilar tasavvurida

Из текста статьи

Ehtimolliklar nazariyasi matematik fan sifatida ro‘y berishi noaniq bo‘lgan hodisalarning modellarini o'rganadi. Boshqacha qilib aytganda, ehtimolliklar nazariyasida shunday tajribalar modellari o'rganiladiki, bu tajribalarning natijalarida muayyan hodisaning ro'y berishini aniqlab bo‘lmaydi. 236 Masalan, tanga tashlanganda uni gerb yoki raqam tomoni bilan tushishi, ob-havoni oldindan aytib berish, ishlab turgan agregatning yana qancha ishlashi, ommaviy ishlab chiqarilgan mahsulotning nosozlik qismi, elektr signallarini uzatishda halaqit beruvchi vaziyatlar yuzaga kelishi — bularning hammasini ehtimolliklar nazariyasi qo’llanilishi mumkin bo‘lgan sohalar deb qaralishi mumkin. Ehtimolliklar nazariyasini qollash yoki qollash mumkinmasligi o‘rganilayotgan tajriba uchun «stoxastik turg‘unlik» xossasi o‘rinli bo‘lishiga bog‘liq. Oxirgi tushuncha esa, o‘z navbatida, o‘rganilayotgan tajribaning bir xil sharoitda ko‘p marta kuzatish (o‘tkazish) imkoniyati bilan bog'liq. Lekin, aytib o‘tilgan fikrlarni «stoxastik turg‘unlik»ning ta’rifi sifatida qabul qilib bo‘lmaydi. Aslida esa, bu tushunchaga ehtimolliklar nazariyasi fundamental natijalaridan biri — katta sonlar qonuni orqali kelish mumkin. Buning uchun quyidagi fikrlarni keltirish bilan chegaralanib qolamiz.

Читать полный текст (PDF) →