Korxonalarda aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish yo‘llari
Из текста статьи
Mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlarning asosi va tub maqsadi – mamlakatda yalpi ichki mahsulotni yanada ko‘paytirish, aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish, xalqimiz va milliy bozorlarimizni sifatli, arzon, raqobatbardosh mahsulotlar bilan ta’minlash, korxonalar faoliyatini takomillashtirish orqali ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish, aholini zarur ish joylari bilan ta’minlash, har tomonlama ijtimoiy muxofaza qilish hamda ularning daromadlarini ko‘paytirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga erishish, pirovardida mamlakatimizning milliy mustaqilligini mustahkamlashdan iboratdir. Korxona xo‘jalik faoliyati mablag‘larni shakllantirish ancha qiyin masala sifatida sanaladi. Chunki bozor sharoitida naqd pul bilan bog‘liq muammolar vujudga kelib, ularni hal qilish uchun esa korxonada samarali boshqaruvni tashkil etishni, ilmiy asoslangan qarorlar asosida korxonaga tegishli mablag‘larni samarali sarflashni tashkil etish zarur bo‘ladi. Shularni inobatga olgan holda korxona xo‘jalik faoliyatida aylanma mablag‘larning o‘rini va ahamiyati muhim bo‘lib, aylanma mablag‘larning me’yorini belgilash, sotilgan mahsulotlar, tovarlar uchun oldindan bo‘nak to‘lovini olish kabi masalalarga qaratilgan.