Iqtisodiyotni barqaror rivojlanishida turizm sohasini axamiyati
Из текста статьи
Bugungi kunda O‘zbekistonda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida keng ko‘lamli islohatlar amalga oshirilmoqda va ushbu islohotlarning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va o‘zbek xalqining turmush farovonligini oshirish ko‘rsatkichidir. Turizm rivojlanayotgan iqtisodiyotlar va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Turizm o‘z o‘rnida ish o‘rinlarini yaratadi, mahalliy iqtisodiyotni mustahkamlaydi, mahalliy infratuzilmani rivojlantirishga hissa qo‘shadi va tabiiy muhitni, madaniy boyliklar va an’analarni saqlashga, qashshoqlik va tengsizlikni kamaytirishga yordam beradi. Shuning bilan birgalikda mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro bag‘rikenglikni, millatlar aro totuvlikni mustahkamlaydi va fuqorolar o‘rtasida madaniy almashinuv tuyg‘usini uyg‘otadi. Iqtisodiyotning turli sohalarida turizm tomonidan yaratilgan ish o‘rinlari soni sezilarli ravishda ortadi. Bu ish o‘rinlari nafaqat turizm sektorining bir qismi, balki qishloq xo‘jaligi, aloqa, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini ham o‘z ichiga olishi mumkin. Ko‘plab sayyohlar mezbonlik qiladigan joyning madaniyati, turli urf-odatlari va o‘ziga xos tomonlari bilan tanishish uchun sayohat qilishadi. Bu mahalliy restoranlar, savdo markazlari va do‘konlar uchun juda foydali hisoblanadi.