Marketingda zamonaviy motivatsiya nazariyalari
Из текста статьи
Kalit so‘zlar. marketing, motivsiya, inson munosabatlari, psixologik extiyojlar Marketingning rivojlanishi bozor va undagi faoliyat turlari to‘g‘risida yangicha nazariy oqimlarning shakllanishiga olib keldi. Aslida tovar ayiraboshlash munosabatlari amaliy ko‘rinishlari eramizdan oldingi asrlarga borib taqaladi. O‘rta Osiyo hududlarida savdo–sotiqning tarixiy rivojlanishi Buyuk Ipak yo‘li bilan bog‘liqdir. Inson motivatsiyasi tadqiq qilish har bir marketolog uchun muhim o‘rin egallaydi. Bu muammoni o‘rganishdan maqsad iste’molchilarni tovar va xizmatlarga bo‘lgan qiziqishlarini orshirishdan iborat bo‘ladi. Shuni inobatga olgan holda iste’molchi motivatsiyasi paydo bo‘lishi va iste’molchiga yo‘naltirilgan motivatsiya nazariyalariga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Amerikalik olimlar F. Kotler va Keller “Marketingni boshqarish” nomli asarida iste’molchilarga yo‘naltirilgan motivatsiya nazariyalarining asosan 3 ta ko‘rinishiga to‘xtalib o‘tganlar. 1. Zigmund Freyd yondashuvi. 2. A.Maslou yondashuvi. 3. F.Gersberg yondashuvi 35 . Golubkov Ye.P. tomonidan motivatsiya nazariyalarini o‘rganishda inson xulq-atvori va qadriyatlariga ta’sir etuvchi tashqi omillarga katta e’tibor berilgan 36 .