Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining ishlab chiqarish jarayonlarini ko'p omilli ekonometrik modellarini ishlab chiqish
Аннотация
Ushbu ilmiy maqolada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni ko‘p omilli ekonometrik modellar yordamida tahlil qilish masalasi ko‘rib chiqilgan. Talaba sifatida maqolani yozishdan asosiy maqsadim – iqtisodiy tahlil vositalari orqali ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va uni oshirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdir. Tadqiqot doirasida yer maydoni, mehnat resurslari, texnika bilan ta’minlanganlik, o‘g‘it miqdori kabi omillar asosiy mustaqil o‘zgaruvchilar sifatida tanlandi. Ushbu omillarning hosil hajmiga qanday ta’sir qilishi ekonometrik model orqali tahlil qilinadi. Olingan natijalar asosida qishloq xo‘jaligi sohasidagi resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha xulosa va amaliy takliflar berildi.