Перейти к содержанию
Научная статья

Yangi diniy harakatlar va sekta – zamonaviy jamiyat muammosi

Из текста статьи

Yangi diniy harakatlar (YDH) va sektalar so‘nggi asrlarda jamiyatda muhim ijtimoiy, madaniy va siyosiy o‘rin tutuvchi hodisalarga aylangan. Globalizatsiya, migratsiya va kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi tufayli an’anaviy dinlardan tashqari, turli yangi diniy oqimlar vujudga kelmoqda. Ushbu maqolada yangi diniy harakatlar va sektalarning mazmuni, tarqalish sabablari, ularning jamiyatga ta’siri hamda ularga nisbatan yondashuvlar yoritiladi. I. Yangi diniy harakatlar tushunchasi 84 Yangi diniy harakatlar – bu an’anaviy dinlardan ajralib chiqqan yoki umuman yangi asosda shakllangan diniy guruhlardir. Ular odatda 20-asrning ikkinchi yarmidan boshlab ommalasha boshlagan. Ularning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: An’anaviy dinlardan farqli aqidaviy qarashlar; Karizmatik yetakchilik; Ezoterik yoki sirli bilimlarga urg‘u berish; Jamiyatdan ajralganlik yoki unga muqobil hayot tarzini targ‘ib qilish. II. Sekta tushunchasi va farqlanishi Sekta – bu muayyan diniy doktrinaga asoslangan, ammo asosiy diniy oqimlardan ajralib chiqqan guruhdir.

Читать полный текст (PDF) →