Перейти к содержанию
Научная статья

Ekstremizm va terrorizm – milliy xavfsizlikka tahdid va unga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining o’rni va ahamiyati

Из текста статьи

Azaldan, tinchlik-osoyishtalik insoniyat uchun tengsiz ne'mat bo'lib kelmoqda. Chunki birinchi galda osuda hayot, yaratuvchan mehnat va farovonlik, umuman, barcha ezgu maqsadlarning ro'yobi eng avvalo shu ne'matga bog'liq. Ammo azaldan yaxshilik bilan yomonlik, ezgulik bilan yovuzlik kabi nisbiy kuchlar bo'lganidek, inson hayotiga rahna soluvchi ofatlar ham mavjud. Ulardan biri diniy ekstremizm va terrorizmdir. Diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq tarixga borib taqalsa-da, ular hech qachon ijtimоiy barqarorlik va taraqqiyot uchun bugungiday tahdid solmagan. Shunday ekan, uning oldini olish va unga qarshi kurashish insoniyatning istiqboliga daxldor masalaga aylanadi. Bu balоyu ofat o'tgan asrning so'nggi o'n yilligi va XXI asrga kelib o'zining jirkаnch qiyofasini namoyon eta boshladi. Hozirda diniy ekstremistik va terrorchi tashkilotlar o'z maqsadlarini amalga oshirish uchun xalqlar o'rtasida birinchi navbatda millatchilik vа diniy ayirmаchilikni keltirib chiqarish va shu yo'l bilan bir davlatda yashayotgan turli millat vakillari o'rtasida milliy, diniy ixtilof va nizolarni vujudga keltirishga urinmoqda.

Читать полный текст (PDF) →