Buxgalteriya hisobi hamda auditda raqamli texnologiyalarni joriy etish
Из текста статьи
Bugungi kunda iqtisodiy faoliyatning globallashuvi va xalqaro integratsiya jarayonlari hisob-kitob, moliyaviy hisobot va audit tizimlariga bo‘lgan talablarni tubdan o‘zgartirmoqda. Xalqaro bozorlarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar uchun hisob yuritishning yagona va tushunarli tizimi — xalqaro moliyaviy hisobot 354 standartlariga (IFRS) moslashish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunda raqamli texnologiyalar muhim vosita sifatida qaralmoqda. Globallashuv kompaniyalarning xorijiy sheriklar bilan faoliyat yuritishini kengaytirdi. Bu esa buxgalteriya axborotining xalqaro taqqoslanadigan, ishonchli va shaffof bo‘lishini talab qiladi. Milliy standartlarning cheklanganligi xalqaro moliya institutlari va investorlar bilan ishlashda qiyinchiliklar tug‘diradi. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy global tendentsiyasi jamiyat hayotining barcha jabhalarida jadal tarqalayotgan raqamli iqtisodiyotdir. O’zbekistonda raqamlashtirishni rivojlantirish bo'yicha erishilgan yutuqlar Yevropa ko'rsatkichlaridan bir oz past bo'lishiga qaramay, mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini rivojlantirish uchun raqamli texnologiyalarni joriy etish muhimligi hukumatning davlat darajasida e'tirof etiladi.[1].