Bank boshqaruvi va avtomatlashtirishni tashkillashtirish
Из текста статьи
Hozirgi kunda butun dunyo bo’ylab ko’rilayotgan siyosatlardan biri bu bank boshqaruvini avtomatlashtirishni tashkillashtirishni tashkil etish shu kunning global muammolaridan biri. Ushbu muammoni xal etish maqsadida barcha mamlakatlarning yetakchi olimlari va mutaxassislari turli darajadagi nazariy va amaliy ishlar olib borish bilan bir qatorda o’zlarini fikr,loyixalarini taqdim etishmoqda. 373 Bizning maqolamizda bank boshqaruvini avtomatlashtirishni tashkillashtirish haqidagi fikrlarimiz bilan bo’lishamiz. ERP va CRM tizimlarini integratsiyalash – bu bank yoki boshqa tashkilotlarning ichki boshqaruv jarayonlarini yanada samarali qilish uchun ERP (Enterprise Resource Planning) va CRM (Customer Relationship Management) tizimlarini birlashtirish jarayonidir. Bu integratsiya orqali tashkilotlar o'zlarining resurslarini, mijozlar bilan aloqalarini va moliyaviy faoliyatlarini bir joyda boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.ERP tizimi tashkilotning barcha resurslarini (moliyaviy, ishlab chiqarish, xodimlar va boshqalar) yagona platformada boshqarish uchun mo‘ljallangan. Banklarda ERP tizimi moliyaviy hisob-kitoblar, hisobvaraq boshqaruvi, hisobotlarni tayyorlash va resurslarni taqsimlashni avtomatlashtiradi.