Перейти к содержанию
Научная статья

Funksiya va uni amaliy masalalarda qo‘llashning ahamiyati

Из текста статьи

Jamiyatda har qanday sohaning rivojlanishi, yuksaklikka yo‘nalishi shu soha mutaxassislarining intellektual salohiyati bilan chambarchas bog‘liq. Mutaxassislar ilmiy va amaliy salohiyatga ega bo‘lishlarining dastlabki bosqichiga oliy ta‘limda erishadilar. Oliy ta‘lim muassasasining nufuzi ham aynan, tayyorlanayotgan kadrlarning sifatliligi ya‘ni, zamonaviy bilimlarni o‘zida mujassam qila olganligi, mustaqil fikrga egaligi va yuksak ma‘naviy-axloqiy fazilatlarga egaligi bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktyabrdagi ―O‘zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida‖gi PF-5847 sonli farmonida ko‘zda tutilganidek, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta‘limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta‘lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish ta‘lim tizimining asosiy vazifasidir. Shunday ekan, oliy ta‘limda o‘quv fanlarining ta‘lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarga mos keluvchi dastur asosida olib borilishi katta ahamiyat kasb etadi.

Читать полный текст (PDF) →