Shovqindan hosil bo‘ladigan kasb kasalliklari va ularni oldini olish chora-tadbirlari
Из текста статьи
Ishlab chiqarish muhitidagi keng tarqalgan zararli fizikaviy omillar qatoriga ishlab chiqarishga doir shovqinni kiritish mumkin. Shovqin deb vaqt birligi ichida atrof-muhitga turli tezlik va jadallikda tarqaladigan tovushlar majmuasiga aytiladi. Ishlab chiqarish shovqinning asosiy manbayi - ishlab chiqarishdagi jihozlarning aylanishi, urilishi, ishqa lanishidan hamda kuchli havo oqimlari, havo harakati va b.q hisoblanadi. Shovqinning ishchilar organizmiga nomuvofiq ta’sir etish mumkinligi va ta’sir etish darajasi shovqinning ta’sir darajasiga, ta’sir etish muddatiga va chastotali tarkibiga bog‘liqdir. Odamning qulog‘i 16 dan 20 000 Gs gacha bo‘lgan tovush chastotalarini qabul qila oladi. Shovqinlar o‘z tarkibida turli chastotalardagi tovushlarni tutishi mumkin, shuning uchun chastotali tarkibi bo‘yicha shovqinlar past chastotali (350Gs gacha), o‘rta chastotali (350-800 Gs ) va yuqori chastotali (800 Gs dan yuqori) shovqinlarga bo‘linadi. Shovqin darajasi 1 sm2 yuzaga to‘g‘ri keladigan energiya qiymati (W/sm ) bilan ta’riflanadi. Ammo akustika va gigiena amaliyotida ko‘pincha nisbiy qiymatlardan foydalanish qabul qilingan bo‘lib, uning energiya qiymatidan kelib chiqib, tovushni qabul qilishning logarifmiga bog‘liqligi hisobga olinadi.