“Charxpalak” prinsipida ishlovchi mikrogeslar yaratish
Из текста статьи
?Charxpalak” prinsipida ishlovchi mikroGESlar yaratish sohasidagi innovatsion ishlanishlar natijasida tannarxi arzon, fermerlar uchun xamyonbop qurilmalar yangi modifikatsiyasi yaratiladi va poligonda ishga tushirildi / Bu kabi qurilmalar yordamida 10 kVtgacha elektr energiyasi olish amalda ko‘rsatiladi. -Ilmiy tadqiqotlar asosida “Charxpalak” rusumidagi MikroGESlar ishchi kurakchalari og‘ish burchagi, ishchi kurakchalar balandligi va kengligining bog‘liqligi, ishchi kurakchalar optimal sonining suv oqimi tezliligi orasidagi korelyatsiya o‘rganildi va optimallashtirildi. Qurilmalarning ish jarayoni videosi INNO WEEK-2019 halqaro yarmarkasida namoyish etildi va ma’muriyat sertifikati bilan taqdirlandi. -Suv ko‘tarish qurilmalari va ularning ishlash prinsiplari.Dehqonchilikda innovatsion izlanishlar, ayniqsa sug‘orish muammolari shu kunlarda dolzarb masalalar qatorida turibdi. Darhaqiqat, o‘lkamizda shunday sug‘orish tizimini takomillashtirishga muxtoj xududlar еtarlicha ko‘p bo‘lib, yonginasidan oqayotgan suvni ko‘tarishga katta extiyoj seziladi. Elektr energiyasiga asoslangan nasoslar doimo yuqori samara berolmaydi, chunki ishlab-chiqarish darajasi ortishi natijasida energiyaning bu turi tobora tansiq va tannarxi ortib ketmoqda.