O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash masalalari
Из текста статьи
O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish muhim yo‘nalish sifatida belgilandi. Ushbu faoliyatning rivoji uchun puxta qonunchilik siyosati, mustahkam huquqiy baza shakllantirilgani va muntazam takomillashtirib borilayotgani, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga imtiyoz va preferensiyalar berish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash hamda modernizatsiya qilish masalalarida davlat tomonidan tizimli ravishda yordam ko‘rsatilayotganini va ushbu chora-tadbirlar kambag‘allikni qisqartirishga yordam bermoqda. Kambag‘allikni qisqartirish davlat tomonidan amalga oshirilayotgani, turli yo‘nalishlarda tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu kabi muhim islohotlar natijasida 2021 yil yakuniga ko‘ra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi yalpi ichki mahsulotda 58,9 foiz, sanoat mahsulotlari hajmida 40,6 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmida 98,4 foiz, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmida 35,8 foizga еtdi. Aholining mehnat bilan band qismining 77,9 foizi mazkur tarmoqda mehnat qilmoqda.