Maqsad va yoʻnalishlar
Maqsadimiz
"Emro science and education" ilmiy jurnali ochiq kirish (open-access) jurnal bo‘lib, jurnalning asosiy vazifasi fan va ta'lim sohasidagi yutuqlar, muammolar va istiqbollarni yoritishdir. Xususan, O‘zbekistonning fan va ta'lim tarixi va rivojlanish bosqichlari, fan va ta'lim sohasida markaziy Osiyoda va butun dunyoda katta hissa qo‘shgan olimlar, shuningdek, fan va ta'limdagi rivojlanish yo‘llari haqida ma'lumot berishdir. Shuningdek, "Fan va Ta'lim" ilmiy jurnalining maqsadi ilmiy hamjamiyatni ushbu sohada ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni yaxshilash muammolari bilan tanishtirish, yosh avlodni fan va ta'limga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ekspertlar hamda olimlarning ilmiy fikrlarini ifodalashdir.
"Emro science and education" jurnali quyidagi sohalarda olib borilgan tadqiqot natijalarini qamrab oladi:
- 01.00.00 – Fizika va matematika
- 02.00.00 – Kimyo fanlari
- 03.00.00 – Biologiya fanlari
- 05.00.00 – Muhandislik fanlari
- 08.00.00 – Iqtisodiyot fanlari
- 11.00.00 – Geografiya fanlari
- 13.00.00 – Pedagogika fanlari
Ushbu mavzular to‘liq ilmiy maqolalar, sharh maqolalari va qisqa sharh maqolalarida ko‘rib chiqiladi. "Emro science and education" ilmiy jurnali tadqiqotchilar, talabalarga, amaliyotchilar va ta'lim sohasidagi mutaxassislar uchun ilmiy sohada o‘rganish va hissa qo‘shish uchun platforma taqdim etadi.