Ilmiy maqola
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishni ta'minlashda iste’molchilar xulq-atvorining ahamiyati
Annotatsiya
Tezisda milliy iqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishni ta'minlashda iste'molchilarning xulq-atvorining ahamiyati tahlil qilinadi. Iste'molchilar, iqtisodiy tizimda talabni shakllantirgan holda ishlab chiqarish, investitsiyalar va iqtisodiy faollikka sezilarli ta'sir ko‘rsatadilar. Ularning xarid qilish qarorlari va ehtiyojlari iqtisodiy o‘sishning davomiyligi va sifatiga bevosita ta'sir qiladi. Maqola iste'molchilarning ishonch, xarid qilish odatlari, davlat siyosati, va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash kabi omillarni o‘rganadi. Shuningdek, iste'molchilarning ekologik ongini rivojlantirish va yangi texnologiyalarni joriy etish orqali iqtisodiy o‘sishning barqarorligini ta'minlash mumkinligi ko‘rsatiladi.