Asosiy qismga oʻtish
Ilmiy maqola

Korporativ tuzilmalarning kapital bozoridagi faolligini oshirishda zamonaviy moliyaviy mexanizmlardan foydalanish masalalari

Annotatsiya

Ushbu maqola korporativ tuzilmalar va kapital bozorlarining o‘zaro aloqalari hamda zamonaviy moliyaviy mexanizmlarning kapital bozoridagi faollikni oshirishdagi rolini tahlil qiladi. Maqolada kapital bozorlarining ahamiyati, uning kompaniyalar va iqtisodiyot rivojidagi o‘rni, shuningdek, moliyaviy mexanizmlar orqali kompaniyalar qanday qilib yangi investorlarni jalb qilish, kapitalni samarali jalb qilish, xavflarni boshqarish va barqaror o‘sishni ta'minlashlari mumkinligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada ijtimoiy mas'uliyatni hisobga olgan moliyaviy mexanizmlar va global bozorlar bilan integratsiya qilish imkoniyatlari, shuningdek, kapital bozorlarida innovatsion yondashuvlar va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Ushbu tadqiqot moliyaviy tizimlarning samarali ishlashini ta'minlash va korporativ tuzilmalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda zamonaviy moliyaviy mexanizmlarning ahamiyatini ko‘rsatadi. Maqola, shuningdek, o‘sib borayotgan va rivojlanayotgan bozorlarda bu mexanizmlardan foydalanishning imkoniyatlari va afzalliklarini ham yoritadi.

Kalit soʻzlar