Bugungi kunda korxona samaradorligi va buxgalteriya hisobi tahlilining ahamiyati
Maqola matnidan
Bugungi kunda korxona samaradorligi va buxgalteriya tahlili iqtisodiy faoliyatning ajralmas qismi hisoblanadi. Har bir korxona o‘z resurslaridan samarali foydalanish orqali raqobatbardosh bo‘lishga intiladi. Shu nuqtayi nazardan, samaradorlikni oshirish va moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish juda muhim. Moliyaviy ko‘rsatkichlar asosida strategik qaror qabul qilish korxonaning muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlash va uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun muhim ahamiyatga ega. Hamda hozirgi paytda harajatlarni optimallashtirishning buxgalteriya vositalari har qachongidan ham muhimroq bo‘lib, zamonaviy iqtisodiy muhitda korxonalar uchun bir qator strategik afzalliklarni taqdim etadi. Korxona samaradorligida buxgalteriya hisobining tahlili kata ahamiyatga ega. Buxgalteriya tahlili orqali korxonaning raqobatbardoshlikni oshirish; samarador korxonalar bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlaydi, xarajatlarni kamaytiradi va mahsulot sifatini oshiradi. Bu esa iste’molchilarni jalb qilishga yordam beradi. Resurslardan oqilona foydalanish; Tabiiy, moliyaviy va inson resurslaridan samarali foydalanish korxonaning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlaydi.