Ilmiy maqola
Foyda solig‘i hisoboti, uni to‘lash va hisobda aks ettirish
Annotatsiya
Foyda solig‘ining soliq siyosatidagi o‘rni nihoyatda katta bo‘lib, u iqtisodiyotni tartibga solishda, davlat budjetini shakllantirishda, biznes faoliyatini rivojlantirishda va mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, foyda solig‘ining siyosatdagi roli va uning o‘zgarishlari iqtisodiy sharoitlarga, davlat siyosatiga va xalqaro me'yorlarga qarab doimiy ravishda o‘zgarib boradi. Xo`jalik yurutuvchi sub’yektlarda foyda solig`ini buxgalteriya hisobida aks ettirish va hisobotlarni belgilangan muddatlarda davlat soliq xizmati organlariga topshirish hamda o`z vaqtida hisoblangan foyda solig`ini to`lash buxgalterlardan kata mahoratni talab qiladi.