Ilmiy maqola
Aholi farovonligini oshirish iqtisodiyotda tadbirkorlikni rivojlantirishni jadallashtirish va ularning huquq va manfaatlarni so‘zsiz ta'minlash, barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish - kambag‘allikni qisqartirishning muhim sharti
Annotatsiya
Aholi farovonligini oshirishda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta'minlash va bu borada tadbirkorlikni jadallashtirishning muhim o‘rni yoritiladi. Xususan, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini so‘zsiz ta'minlash, ularga qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish orqali barqaror bandlikni shakllantirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, tadbirkorlik rivoji kambag‘allikni qisqartirishda asosiy omillardan biri sifatida taqdim etiladi. Maqola iqtisodiyotdagi zamonaviy yondashuvlar va muvaffaqiyatli tajribalarni o‘rganish orqali ushbu yo‘nalishdagi samaradorlikni oshirishga qaratilgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.