Asosiy qismga oʻtish
Ilmiy maqola

Aholining farovonligini o‘rganish: hayot sifatini shakllantiruvchi omillar

Maqola matnidan

Aholi farovonligi, ko‘pincha farovonlik yoki hayot sifati deb ataladi, inson mavjudligining turli tomonlarini qamrab oluvchi keng qamrovli o‘lchovdir. U sog‘liqni saqlash, ta'lim, ijtimoiy munosabatlar va atrof-muhit sharoitlarini o‘z ichiga olgan iqtisodiy ko‘rsatkichlardan tashqariga chiqadi. Aholining farovonligiga ta'sir etuvchi omillarni tushunish siyosatchilar, tadqiqotchilar va aholining umumiy turmush darajasini oshirishga intilayotgan jamoalar uchun juda muhimdir. Kishilik jamiyati rivojlanishining asosiy muhim qoidalaridan biri aholining doimo farovonlikka intilib yashashidir. Alohida shaxsning o‘z ehtiyojlarini qo‘ndirish, sharoitlarni yaxshilash, hayot faoliyati qulayliklarini turmushga intilishi pirovardida milliy farovonlikning o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratgan va rag‘batlantirgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, muayyan mamlakat aholisining farovonlik darajasi ayni paytda milliy farovonlik birlashmasi orqali ham ifodalanadi. Milliy farovonlik jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ifodalovchi makrodarajadagi ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Umumiy holda milliy farovonlik mamlakat miqyosidagi ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot darajasini namoyon etadi.

To‘liq matnni o‘qish (PDF) →