Ilmiy maqola
O‘zbekiston sug‘urta bozorining rivojlanish an’analari va istiqbollari
Annotatsiya
Umuman olganda rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta faoliyati iqtisodiyotning strategik muhim tarmog‘i bo‘lib, uni rivojlantirish va boyitishda investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish, raqobatni kuchaytirish, sug‘urta faoliyatining zamonaviy va yangi turlarini yaratish, sug‘urtalaovchilarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug‘urtani nazorat qilish shakllarini takomillashtirish bo‘yicha muhim ishlar olib borilmoqda.