Ilmiy maqola
Uy xo‘jaligi sektorini davlat tomonidan tartibga solish tamoyillari
Annotatsiya
Mazkur tezisda uy xo‘jaligi sektorining iqtisodiyotdagi o‘rni, davlat tomonidan tartibga solish tamoyillari, xalqaro tajriba va mahalliy sharoitda bu sektorni rivojlantirish yo‘llari tahlil qilingan. Uy xo‘jaligi sektorining ahamiyati YAIM tarkibidagi ulushi, iste’mol va jamg‘arma jarayonlaridagi roli orqali ko‘rsatilgan. Ishda davlat tomonidan qo‘llanilayotgan soliqlar, subsidiyalar va ijtimoiy yordam dasturlari misolida tartibga solish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston misolida sektor rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari keltirilib, xalqaro tajribalar bilan taqqoslangan.