O‘zbekistonda isloxotlar yo‘nalishlari
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida turli sohalarda, jumladan, iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy soha va inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. Iqtisodiyotni liberallashtirish, sarmoyaviy muhitni yaxshilash, huquqiy tizimni rivojlantirish va davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini oshirish kabi modernizatsiyaning muhim yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Islohotlarni amalga oshirish natijalari, ularning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri, o‘zgarishlar jarayonida davlat oldida turgan vazifalar tahlil etilgan. Mualliflar O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi va jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi uchun olib borilayotgan islohotlar muhimligini alohida ta’kidlaydilar.