Ilmiy maqola
O‘zbekistonda ta’lim tizimining iqtisodiy barqarorlikka ta’siri
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimidagi muammolar batafsil muhokama qilingan. Sifat, infratuzilma va ish bilan ta’minlash kabi asosiy masalalar ta’lim samaradorligi hamda iqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlangan. Oliy ta’lim muassasalaridagi resurs yetishmovchiliklari, ta’lim standartlaridagi kamchiliklar va o‘qituvchilarning malakasini oshirish zaruriyati o‘rganilgan. Maqolada ta’lim tizimini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar bildirilgan, zamonaviy resurslar va innovatsion yondashuvlarni joriy etish orqali ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratilgan.