O’zbekistonda gender tengligini bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan boshqaruvchi ayollar
Maqola matnidan
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yilning sentyabrda Barqaror rivojlanish bo’yicha o’tkazilgan sammitda qabul qilingan 70-son rezolyutsiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030-yilgacha bo’lgan davrda BMT Global kun tortibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “2030-yilgacha bo’lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”qaror qabul qildi . O’zbekistonda gender tengligi ko’rsatkichi ro’yxatida 2019-yil holati bo’yicha O’zbekistonning gender tengligi ko’rsatkichi ro’yxatidagi 189 mamlakat Ichida 66 o’rin.2019-2020 yillarda ayollar bandligi 4,2%ga kamaygan. Bu 2020 yilda ishlaydigan ayollar soni 2019 yildagiga nisbatan 1,3 million nafarga kamayganligini anglatadi. O’zbekiston Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadini amalga oshirish doirasida “Gender tenglikni ta’minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish “ga oid to’qqizta vazifani ishlab chiqdi.