Asosiy qismga oʻtish

Maqola matnidan

Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini chuqur anglash uchun, eng avvalo, ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibiy qismlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 258 Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llaniluvchi barcha resurslar ishlab chiqarish omillari deyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar to‘rtta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari, tadbirkorlik qobiliyati bo‘lishi shart. Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yigindisiga aytiladi. 1-rasim. Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi. Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi. Bularga mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalarni misol keltirish mumkin. Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir. Yer, suv, homashyo va boshqa turli materiallar mehnat predmetining asosiy turlarini tashkil etadi. Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi.

To‘liq matnni o‘qish (PDF) →