Asosiy qismga oʻtish
Ilmiy maqola

Matematikaning tayanch tushunchalaridan bo‘lgan Pifagor teoremasining vujudga kelishi va ahamiyati

Maqola matnidan

Pifagor teoremasi to‘g‘ri burchakli uchburchak tomonlari o‘rtasidagi munosabatlarni ochib beradigan geometriyaning abadiy tamal toshi bo‘lib turadi. Qadimgi yunon matematigi Pifagor nomi bilan atalgan bu teorema ming yillar davomida o‘zining nafis soddaligi va chuqur ma’nolari bilan madaniyatlar va sivilizatsiyalarni bosib o‘tib, ongni o‘ziga rom etib kelgan Pifagor teoremasining kelib chiqishi antik davr tumanlari bilan qoplangan. Pifagorning o‘zi, ko‘pincha uning kashfiyoti sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa-da, dalillar bu teorema uning davridan bir necha asr oldin bobillikklar va hindlarga ma’lum bo‘lganligini ko‘rsatadi. Shunga qaramay, Pifagor va uning izdoshlari teoremada ilgari surilgan fikrlarni ommalashtirish va rasmiylashtirishda ro‘l o‘ynaydi Pifagor teoremasi o‘z mohiyatiga ko‘ra, to‘g‘ri burchakli uchburchakda gipotenuza uzunligining kvadrati (to‘g‘ri burchak qarshisidagi tomon) katetlar (qolgan ikki tomoni) uzunliklarining kvadratlari yig‘indisiga teng ekanligini aytadi. Pifagor teoremasining asosiy vazifasi uchburchakning berilgan ikki tomonidan foydalanib, uning uchinchi tomonini topishdan iborat. Yuqorida aytilganidek, katetlar kvadratlarining yig‘indisi, gipatenuzning kvadratiga teng.

To‘liq matnni o‘qish (PDF) →