Temur tuzuklarida – demokratiya va inson huquqlari g‘oyalari
Maqola matnidan
Mavzuning dolzarbligi: Yurtimizda inson huquqlari masalasi azaldan eng muqaddas qadriyat hisoblanib, muqaddas dinimizning shariat odob-axloq qoidalari, ajdodlarimizning qadriyatlari, milliy urf-odat va an'analarimiz hamda buyuk mutafakkirlarning ta'limotlari bilan birga yo‘g‘rilgan. Islomiy fikh manbalarning ilk namunalaridayoq inson huquqlariga katta e'tibor berilganligi, jamiyatda inson huquqlari oliy qadriyat sifatida e'tirof etilganligini ko‘rish mumkin. Qadimiy yozma manbalar, ajdodlarimizning ulkan meroslari, mukaddas diniy ta'limotlar hisoblangan Qur'oni karim, xadisi-shariflar va xatto Zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda ilgari surilgan g‘oyalar ham inson huquqlari va manfaatlari uchun katta bir ta'limot ekanligi hech kimga sir emas. Xullas, bizning kundalik munosabatlarimizda aks etayotgan inson huquqlari bugun paydo bo‘lib, biz uni boshqalardan o‘rganayotganimiz yo‘q. Inshaolloh, mazkur masala o‘zining qadimiy ildizlariga, mustahkam poydevoriga ega.