Sanoat korxonalari raqobatdoshligini oshirishda mahsulot sifatini boshqarishning ahamiyati
Maqola matnidan
Ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini raqobatdoshligini oshirishda mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni tartibga solish mustahkam o‘rin egallaydi. Bunda asosiy omil bo‘lib ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati hisoblanib, bu omil jahonning rivojlangan davlatlarida keng tarqalgan va iqtisodiyotning yangidan-yangi tarmoqlarini o‘ziga qamrab olmoqda. Mamlakatimiz sanoat majmui tarmoqlarida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlarning rivojlanishi ularga hizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli ishlab chiqarish korxonalari faoliyati rivojlanishi bevosita ishlab chiqarish va bozor aloqalariga bog‘liq holda amalga oshirilmoqda. Yangi O‘zbekistonda sanoat tarmog‘ini rivojlantirish asosida raqobatdosh mahsulotlar sifatini ahamiyati yuqori bo‘lib, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida «aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulotni 1,6 baravar ko‘paytirish »[1] vazifasi belgilangan.