Asosiy qismga oʻtish

Maqola matnidan

Dunyo miqyosida turizm tizimi va uni takomillastirish masalasi murakkab, dolzarb masalalardan biridir. Ushbu muammoni xal qilish jarayonini tashkil etish boyicha qator ilmiy va nazariy ishlar amalga oshirilmoqda. Jahonda global o‘zgarishlar bo‘lgan davrda dunyo mamlakatlarida turizm sohasining yalpi ichki mahsulot tarkibidagi o‘sish sur’ati sezilarli darajada ortib borayotganligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jahon ichki turizm xizmatlari bozorini tahliliga ko‘ra 2019 yilda jahon miqyosida turistik faoliyatdan olinayotgan daromadlar hajmi 1478 mlrd. AQSH dollarini, yillik turistik aylanma hajmi esa 4700 314 mlrd. AQSH dollaridan iborat bo‘lgan. Turizm sohasining jahon yalpi mahsulotidagi ulushi 10,4 foizni (9,2 trln. AQSH dollari), sohada bandlarning ulushi 10,0 foizni va sohada asosiy kapitalga kiritilayotgan investitsiyalar esa 4,4 foizni tashkil etgan. Jahon iqtisodiyotida pandemiya ta’sirida ichki turizm sohasini mavjud salohiyat doirasida rivojlantirish hamda boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

To‘liq matnni o‘qish (PDF) →