Menejment va uning tashkiliy tamoillari
Maqola matnidan
Ushbu tizimning shakllanish va shakllantirish usullarini bilish xar bir mutaxassisning vazifasidir.Maqolamizda menejment va uning tashkil etish usullari haqida fikr bildiramiz. Menejment – ko’plab tarkibiy qismlar, ularning xususiyatlari va tomonlariga ega bo’lgan murakkab, ko’p o’lchamli hodisa hisoblanadi. 365 Menejmentning aniq maqsadga qaratilganligi shu bilan belgilanadiki, u asosiy vazifa sifatida foyda olishga yo’naltirilgan. Menejmentning asosi sifatida turli xildagi ob’ektlarni boshqarish to’g’risidagi fanlar, xususan: kibernetika, tizimlar umumiy nazariyasi, operatsiyalarni tadqiq etish, tarkibiy-funktsional tahlil, shuningdek ishni tashkil etish va personalni motivatsiyalash muammolarini ko’rib chiquvchi boshqaruv nazariyasi ishtirok etadi. Boshqaruv faoliyatining barcha tomonlari ob’ektiv tarzda o’zaro bog’langan. Shuning uchun qandaydir kichik tizimdagi har qanday o’zgarishlar barcha boshqa kichik tizimlardagi tegishli o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Masalan, personalda zarur ishchanlik xususiyatlarining mavjud emasligi funksiyalarning sifatsiz bajarilishiga, samarasiz usullarning qo’llanilishiga, oqilona boshqaruv tamoyillariga amal qilinmaslikka olib keladi. Natijada maqsadlar ma’lum ma’noda amalga oshmay qoladi.