Menejmentda korxonalar moliyaviy munosabatlarning ahamiyati
Annotatsiya
Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq, jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalarida, eng avvlo, iqtisodiy sohada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish borasida aniq dasturlar ishlab chiqilgan. Ushbu dasturlarda belgilangan vazifalarning hayotga samarali tatbiq etilishi natijasida iqtisodiyotda turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, firma va kompaniyalar vujudga kela boshladi. Albatta, mamlakatimiz iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishida muhim omillar, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, pul qadrsizlanishini pasaytirish, eksport hajmini oshirish va boshqa shu kabi makroiqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan birga respublikamizda faoliyat yuritayotgan har bir korxona, firma, kompaniyalarning ham xo‘jalik subyekti sifatida rivojlantirishni taqozo etadi.