Asosiy qismga oʻtish

Maqola matnidan

Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardanoq jahon hamjamiyatiga qo‘shilish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish yo‘lini tanladi va og‘ishmay shu yo‘ldan bormoqda.O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xohish–irodasi va taklifiga ko‘ra 1992–yil 2–martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot– Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to‘la teng huquqli a'zosi bo‘ldi. Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993– yilda bo‘lgan 48– sessiyasida ishtirok etishi va unda 27– sentabrda qilgan ma'ruzasi O‘zbekistonni jahonga ko‘hna va yosh, navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMT ning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo‘yicha bir qator takliflar o‘rtaga qo‘yildi. 1993–yil 24–oktabrda Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi.

To‘liq matnni o‘qish (PDF) →