Asosiy qismga oʻtish
Ilmiy maqola

Innovatsion ta’lim texnologiyalari yordamida zamonaviy kadrlar tayyorlashning o‘ziga xos jihatlari

Maqola matnidan

Innovatsion ta‘lim texnologiyalari zamonaviy kadrlar tayyorlashning muhim elementi hisoblanib, globallashayotgan va tez o‘zgarib borayotgan dunyoda muvaffaqiyatli halqaro miqyosda yetuk bo‘lgan mutaxasislarni tayyorlash uchun zarur ko‘nikma, bilim va malakalarni ta`minlab beradi. Innovatsion ta'lim texnologiyalari bir necha sabablarga ko'ra zamonaviy kadrlar tayyorlashda muhim rol o'ynaydi: 1. Mehnat bozori talablariga javob berish: Innovatsion texnologiyalar mehnat bozorida talab qilinadigan zarur ko‘nikma va bilimlarni egallashda yordam beradi. Bu ayniqsa raqamli iqtisodiyotda kasbiy mahorat, jamoaviy ish, muammolarni hal qila olish va o'z-o'zini isloh qilishni o'z ichiga oladi. 24 2. Tanqidiy fikrlash va ijodkorlikni rivojlantirish: O‘qitishning innovatsion usullari talabalarni tahlil qilish, tanqidiy fikrlash va muammolarni ijodiy hal etishga undaydi. Bu ko'nikmalar bugungi tez o‘zgarib borayotgan dunyoda yangi vaziyatlarga tezda moslashish qobilyatini shakllantirishda juda muhim hisoblanadi. 3. Ta'limni individuallashtirish: Innovatsion texnologiyalar yordamida har bir talabaning xususiyatlarini hisobga olgan holda individuallashtirilgan ta'limni yanada samaraliroq amalga oshirish mumkin.

To‘liq matnni o‘qish (PDF) →