Asosiy qismga oʻtish

Maqola matnidan

Raqamli sanoatlashtirish bugungi kunga kelib davlatlar iqtisodiyotining rivojlanishidagi asosiy harakatlantiruvchi kuchga aylandi. 2019 yilda sanoatni raqamlashtirish jahon raqamli iqtisodiyotining 84,3 foizini va jahon yalpi ichki mahsulotining 35 foizini tashkil etdi. Rivojlangan mamlakatlarda sanoatni raqamlashtirish raqamli iqtisodiyotning 86,3 foizini tashkil qildi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ulush 78,6 foizni tashkil etdi. Rivojlangan davlatlar aloqa va dasturiy ta'minot sohasidagi eng kuchli vakillar bo‘lib, ular elektron tijorat va ilg‘or ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishni eng birinchilardan bo‘lib boshlab bergan mamlakatlar qatoriga kiradi. Raqamli industrializatsiya tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi va birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi toifalarga ajratilishi mumkin. Faoliyat turiga ko‘ra biz ularni qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga ajratishimiz mumkin. Dunyoda, xizmat ko‘rsatish sohasida raqamli transformatsiya boshqa ikki sektorga qaraganda tezroq sur'atlarda ro‘y bermoqda (quyidagi rasmga qarang). Bu, asosan, har bir sektorning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq.

To‘liq matnni o‘qish (PDF) →