Ilmiy maqola
Eng keng tarqalgan veb-xavfsizlik tahdidlari - fishing, ransomware
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy kiberhujumlar, ularning turlari haqida maʼlumotlar berilgan. Phishing, ransomware, kabi hujumlarning asosiy xususiyatlari va taʼsiri tavsiflanadi. Shuningdek, maqolada kiberhujumlarning axborot tizimlariga taʼsiri, ulardan himoyalanish bo‘yicha choralar va tavsiyalar beriladi. Oddiy foydalanuvchi yoki tashkilot tizimlardagi zaifliklarni kamaytirishi va jiddiy zararni oldini olishi uchun qanday himoya usullaridan foydalanish mumkinligini bilib olishi mumkin. Ushbu maqola axborot xavfsizligi mutaxassislari, xavfsizlik menejerlari va o‘zini kiber tahdidlardan qanday himoya qilish haqida ko‘proq maʼlumot olishni xohlaydiganlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.