Kutubxona tizimini avtomatlashtirish uchun ma'lumotlar bazasi loyihasini ishlab chiqish
Maqola matnidan
Avtomatlashtirilgan kutubxona (AK)-bu kutubxona ishini tashkil etishning ilg‘or shakli hisoblanadi. AK xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirib, kitobxonlarga tezkorlik bilan xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Xizmati har qanday tizim shunday qismlardan iboratki, ularsiz tizim faoliyat ko‘rsata olmaydi. Agarda tizim qismlaridan biri bo‘lmasa yoki qoniqarsiz ishlasa, u holda tizim o‘z oldiga qo‘yilgan bosh vazifani bajara olmaydi. Xo‘sh, AK tizimining qismlari yoki uni tashkil etuvchilari nimalardan iborat? Tizim faoliyatini ta’minlab turuvchi quyidagi qismlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: Til ta’minoti -AK da ishlatiladigan til vositalari majmui. TT o‘z ichiga atamalar, tushunchalar, yuqori darajadagi tillarni, kodlashtirish tillarini va bibliografik axborot tavsifini oladi. Axborot ta’minoti – axborot massivlari majmui, bibliografik axborotlar tasnifi va kodlashtirish, bibliografik formatlar, ma’lumotlar bazasi. Axborot va til ta’minotini bir-biridan ajratish mumkin emas. Bu ikkalasini axborot til ta’minoti sifatida birlashtirish mumkin. Texnik ta’minot – kutubxona jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishga mo‘ljallangan texnik vositalar (shaxsiy kompyuterlar, orgtexnika, serverlar, printerlar va h.k.) majmui.