Asosiy qismga oʻtish
Ilmiy maqola

Sanoat korxonalarida iqtisodiy barqarorlik va uni ta’minlashning ilmiy-nazariy asoslari

Maqola matnidan

Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat korxonalari faoliyatining o'ziga xos xususiyati ularning barcha bozor sub'ektlari bilan doimiy aloqada bo'lishidir. Iqtisodiy faoliyat jarayonida tashkilotlar o'zlarining sheriklari, iste'molchilari, nazorat qiluvchi tashkilotlar va muvofiqlashtirish markazlari bilan mamlakat ichida va xorijda muntazam ravishda bevosita va bilvosita munosabatlarga kirishadilar. Uzoq muddatli hamkorlik qilish imkoniyati yoki ushbu munosabatlarning ishonchliligi tashkilotlarning iqtisodiy barqarorligi darajasi bilan belgilanadi, bu esa, o'z navbatida, tashqi muhitning korxona faoliyatiga ta'sirining o'ziga xos ko'rsatkichidir hisoblanadi. Sanoat korxonalarining barqaror iqtisodiy rivojlanishiga erishish hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining eng dolzarb muammolaridan biridir. Iqtisodiy barqarorlik - mikrodarajada iqtisodiy jarayonlarning rivojlanish holatini aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Zamonaviy sharoitda har qanday xo'jalik sub'ektining hayotiyligi uning iqtisodiy barqarorligiga bog'liq. Iqtisodiy barqarorlik korxonaning turli xil tashqi va ichki ta'sirlar ostida o'z yaxlitligini saqlab qolish qobiliyatini, shuningdek, samarali rivojlanish qobiliyatini ko'rsatadi.

To‘liq matnni o‘qish (PDF) →