Mehnatni tashhil etish ishlarining yo‘nalishlar
Maqola matnidan
Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayoni – bu, avvalo, mehnat jarayonidan iborat bo‘lib, u kishi mehnati, mehnat predmeti va mehnat vositalarini o‘z ichiga oladi. Mehnat _ kishilarning ma’lum bir maqsadga qaratilgan ongli faoliyati bo‘lib, bu faoliyat natijasida ular tabiatdagi mavjud narsalarni o‘zgartirish, o‘z ehtiyojlariga moslashtirish orqali moddiy ne’matlar va madaniy boyliklar yaratadilar. Mehnatning shu tariqa ifoda topgan mohiyati har qanday kishilik jamiyatida ham ishlab chiqarshning asosiy sharti bo‘lib qolaveradi. Chunki, mehnatsiz moddiy ne’matlar yaratilishi, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonining bo‘lishi mumkin emas. Kishi mehnati yo‘naltirilgan tabiatdagi barcha narsalar mehnat predmeti, deyiladi. Kishilar o‘z mehnat predmetiga qanday vositalar bilan ta’sir ko‘rsatsalar, ana shunga mehnat vositalari, deyiladi. Mehnat vositalari orasida mehnat qurollari muhim rol o‘ynaydi. Mehnat muhofazasi - inson ning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobilyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida qoʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiena, davolash-profilaktika chora tadbirlari belgilab qoʻyiladi.