Asosiy qismga oʻtish
Ilmiy maqola

Benzinli avtomobillar moylash tizimining tuzilishi va nosozliklari

Maqola matnidan

Moylash tizimi, moy nasosi, radiator va moy tozalash filtrlaridan iborat bo‘lib, dvigateldagi ishqalanuvchi detallarni moylash va ularni qisman sovitishni ta’minlaydi . Tirsakli valning o‘zak va shatun podshipniklari juda og‘ir sharoitlarda ishlaydi. Shuning uchun moyni shunday miqdorda berish kerakki, u nafaqat podshipniklarni moylashi, baiki ishqalanish natijasida ajralgan barcha issiqlikni ham olib ketishi kerak. Masalan, tirsakli val bo‘yinlariga moyning еtarli miqdorda bormasligi -podshipnikning ishqalanishi natijasida hatto chidamli qotishmalarining erib ketishiga olib keladi.Ortiqcha moylash ham yaxshi emas, masalan, yonish kamerasiga moyning tushishi qurum hosil bo‘lishiga va dvigatelning qizib ketishiga sabab bo‘ladi. Dvigatel moyi - uglevodlar va turli xil qo‘shilmalardan (8 - 14%) ihorat bo‘lgan murakkab aralashma. Qo‘shilmalar ishqalanuvchi detallaming еyilishini kamaytiradi (yeyilishga qarshi), metallarning korroziyasini ozaytiradi (korroziyaga qarshi) hamda ko‘pik hosil bo‘lishiga (ko‘pikka qarshi) va yuqori solishtirma yuklanishda ishlaydigan ishqalanuvchi yuzalarning tirnalishiga yo‘l qo‘ymaydi. Benzinli dvigatellarda moy poddondan moy nasosining moy qabul qiluvchi qismi orqali nasos seksiyalariga soʻriladi.

To‘liq matnni o‘qish (PDF) →