O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda agroklaster faoliyatini o‘ziga xos jihatlari
Maqola matnidan
Respublikamiz iqtisodiyoti rivojlanishida qishloq xo‘jaligi bugungi kunda tarkibiy jihatdan o‘zgarib bormoqda. Qishloq xo‘jalik tarmoqlarini rivojlanishi ishlab chiqarish va unga xizmat ko‘rsatuvchi sohalarining bir-biri bilan o‘zaro ta‘siri orqali sodir bo‘ladi. Bunday ta’sir uzviy bog‘langan texnologik jarayonlarga xosdir. Insoniyat tarixi va taraqqiyoti bo‘lgan qishloq xo‘jaligi hozirgi kunda ham alohida ahamiyatga ega. Iqtisodiy sohada ham, jamiyatning boshqa sohalarida qishloq xo‘jaligi ijtimoiy rivojlanishning eng muhim sohalaridan biri bo‘lib kelayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Ayni paytda, Respublikamizdagi tarkibiy qismi hisoblangan qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlanishini ta‘minlash, iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohalari integratsiyasini rivojlantirishni talab etmoqda.