Davlat moliyasi statistikasining fanlararo bog'liqliklari
Annotatsiya
Ushbu maqolada davlat moliyasi statistikasining turli fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, ularning iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilishdagi ahamiyati yoritilgan. Jumladan, davlat moliyasi statistikasining makroiqtisodiyot, ekonometrika, buxgalteriya hisobi, huquqshunoslik, sotsiologiya va siyosatshunoslik kabi fanlar bilan integratsiyasi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida davlat byudjeti ko‘rsatkichlari, fiskal siyosat, ijtimoiy xarajatlar, davlat qarzi va moliyaviy nazorat mexanizmlarining mamlakat iqtisodiy barqarorligiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, fanlararo yondashuv asosida davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirish, byudjet siyosatining shaffofligini ta’minlash hamda iqtisodiy qarorlar qabul qilish jarayonida statistik ma’lumotlardan oqilona foydalanish masalalari ochib berilgan. Maqola natijalari davlat moliyasi statistikasining nazariy va amaliy ahamiyatini kengroq yoritishga xizmat qiladi.