Ilmiy maqola
Tijorat banki kapitali va uning yetarliligi shartlari
Annotatsiya
Mazkur ishda tijorat banki kapitalining asosiy nazariy jihatlari koʻrib chiqiladi va uning yetarliligi shartlari belgilanadi. Shuningdek tijorat banklarida kapital yetarliligi talablari, ularning moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy tizimdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Bank kapitalining yetarli darajada boʻlishi banklarning tobora oʻsib borayotgan moliyaviy ehtiyojlarini qondirish, tavakkalchiliklardan himoya qilish, shuningdek, iqtisodiy tizim barqarorligini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. Ushbu ishda tijorat banklari kapitalining yetarliligini taʼminlashdagi xalqaro talablar va ularning Oʻzbekiston sharoitida tatbiq etilishi koʻrib chiqilgan.