Asosiy qismga oʻtish
Ilmiy maqola

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda erkin iqtisodiy hududlar faoliyatining rivojlanishi

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.24320465

0 koʻrish 0 yuklab olish 0 iqtibos · Google Scholar

Annotatsiya

Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilishning jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bunday zonani tashkil qilgan mamlakat uchun mazkur hududlar yuqori iqtisodiy samara berib, mintaqaning ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda muhim dastak hisoblanadi. Jahon iqtisodiy munosabatlar tizimida erkin iqtisodiy hududlar asosan xalqaro savdoni jadallashtirish, investitsiyalarni jalb qilish, texnologiyalar almashinuvi, axborot almashish va integratsiyalashgan iqtisodiy jarayonlarni chuqurlashtirish tufayli jadal iqtisodiy o‘sish omili sifatida namoyon bo‘ladi. Yuqoridagilar asosida, ishda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda erkin iqtisodiy hududlar faoliyatining rivojlanishi hamda ushbu masalaga oid ustuvor yo‘nalishlar tahlil qilingan.

Kalit soʻzlar