Ilmiy maqola
Korxonaning moliyaviy natijalari tahlilining nazariy va amaliy jihatlari
Annotatsiya
Ushbu ilmiy tadqiqotda korxona moliyaviy natijasining nazariy va amaliy jihatlari va uni tahlil qilishga yondashuvlarga oid masalalar koʻrib chiqilgan. Tadqiqotning maqsadi korxona faoliyati moliyaviy natijasini shakllantirish va tahlil qilish uslubiyatini tadqiq etishdan iborat. Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, korxonaning moliyaviy natijalarini tahlil qilish uslubiyoti, qoʻllaniladigan metodlar majmui hamda tanlangan koʻrsatkichlar tizimi toʻldirilishi va muayyan korxona faoliyatining oʻziga xos xususiyatlariga moslashtirilishi mumkin, bu esa albatta korxona maksimal samaradorlikni taʼminlaydi.