Hududiy paxta-to‘qimachilik sektorida integrasion tuzilmalarni takomillashtirish
From the paper
O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik sektori mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmog‘idir. Ushbu soha nafaqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, balki ularni qayta ishlash va eksport qilishda ham muhim rol o‘ynaydi. Biroq, global raqobatning kuchayishi, bozor talablarining o‘zgarishi va yangi texnologiyalarning joriy etilishi paxta-to‘qimachilik sektorida yangilanish va takomillashtirish zaruratini taqozo etmoqda. Hududiy integratsion tuzilmalar, ya’ni klasterlar, bu jarayonni tezlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Ular ishlab chiqarish jarayonlarini birlashtirish, resurslardan “Milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashning ustivor yo‘nalishlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 326 samarali foydalanish va mahsulot sifatini oshirish imkonini beradi. Klasterlar orqali paxta yetishtirishdan tortib, to‘qimachilik mahsulotlarini tayyorlashgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni bir tizimda birlashtirish mumkin. Bu esa nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshirish, balki hududiy rivojlanishni ham ta'minlaydi. Ushbu maqolada hududiy paxta-to‘qimachilik sektorida integratsion tuzilmalarni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari, muammolari va ularga yechimlar ko‘rib chiqiladi.